Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») Ukraina fuqarosi Yuriy Denisov Sankt-Peterburgdagi kafeda röy bergan portlaş oqibatida halok bölgan «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning ölimiga aloqadorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS va RIA «Novosti» agentliklari mahkama matbuot xizmatiga tayanib. 

«FSB» ma’lumotlariga köra, Denisov Ukraina maxsus xizmatlari körsatmasi böyiça 2023 yil fevralida Kiyevdan Latviya hududi orqali Moskvaga kelgan va u yerda Tatarskiyning «turmuş tarzi va taşrif buyuradigan joylari» haqida ma’lumot töplagan. 

Söngra «vositaçi orqali tezkor yetkazib beriş xizmati yordamida» «harbiy muxbirning gipsli byusti körinişidagi» portlovçi moslamani Darya Trepovaga topşirgan. «FSB» ma’lumotlariga köra, qotillikdan söng Denisov Rossiyadan Armaniston orqali tranzit bilan Turkiyaga uçib ketgan. Qayd etilişiça, Denisovni xalqaro qidiruvga beriş tartibi boşlangan. 

«FSB», şuningdek, portlaşda ayblanib hibsga olingan Trepova jinoyatni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi («FBK») rahbarlari Leonid Volkov va Ivan Jdanovning Rossiyada «qöporuvçilik faoliyati»ga «takroriy çaqiriqlari» natijasida sodir etgan, deb hisoblaydi.

2 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi kafeda yuz bergan portlaş natijasida taniqli rossiyalik «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiy halok bölgandi. Sankt-Peterburg böyiça Içki işlar vazirligining boş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 16 kişi jarohatlangan. Keyinroq Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov 25 kişi jarohatlanganini, ulardan 19 nafari kasalxonaga yotqizilganini aniqlaştirdi.

Sankt-Peterburgdagi «Fontanka» naşrining yozişiça, portlaş sodir bölgan kafe «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojinga tegişli. Muassasa faqat şanba va yakşanba kunlari işlagan, u yerda «Kiber Z front» munozara klubining yiğilişlari bölib ötgan va uruş tarafdorlari Donbass, Ukraina hamda dunyoda sodir bölayotgan voqealarni muhokama qiliş uçun yiğilgan. 2 aprel kuni bu yerda Tatarskiy bilan «ijodiy uçraşuv» bölib ötgan. Yevgeniy Prigojinning uçraşuvga kelişi ehtimoli bölgan.

Trotil ekvivalentida 200 gramm bölgan portlovçi modda Darya Trepova tomonidan portlaşdan biroz oldin harbiy muxbirga sovğa qilingan haykalçada bölgan. 

Rossiyaning boşqa Telegram-kanallari sodir bölgan voqealarning yana bir neçta versiyalarini körib çiqdi, şu jumladan yangi, «mudofaa» bosqiçiga ötayotgan uruşning axborot ta’minotini «qayta özgartiriş»da yetarli darajada «tizimli» bölmagan öyinçilarni «tozalaş», «harbiy muxbir»ning kasbiy faoliyatidan norozi bölganlardan birining qasosi, şuningdek, «ötmişdan salom», ya’ni Vladlen Tatarskiy harbiy harakatlarda qatnaşgan paytdagi işlari uçun javob.