O‘zbekiston | 08:14 / 23.01.2024
3339
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Fariddin Nasriyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: «Dunyo» AA

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Eron prezidenti so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar sohalarida har tomonlama izchil rivojlanib, yangi darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Eron yetakchilarining siyosiy irodasi, samarali sa’y-harakatlari hamda oliy darajadagi muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi.

Eron prezidenti O‘zbekiston elchisiga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid