O‘zbekiston | 14:25 / 24.01.2024
3794
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida yangi xalqaro shartnoma tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hukumatlari o‘rtasida bojxona ishlarida o‘zaro ko‘maklashish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi

Mazkur bayonnoma 2023 yil 22 sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid