Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirishning tabaqalashtirilgan dasturlari joriy etiladi
"Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladi.
Qaror loyihasining maqsadi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida malaka oshirish tizimini muvofiqlashtirish, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy mahorati diagnostikasi va bilim ko‘rsatkichlarini baholash natijalariga muvofiq kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini hamda malaka oshirishning tabaqalashgan ta’lim dasturlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Mazkur qaror asosida:
- maktabgacha va maktab ta’limi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirishning tabaqalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish;
- maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini diagnostikadan o‘tkazish va bilim ko‘rsatkichlarini baholash;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish;
- oliy ta’lim muassasasiga tayyorlagan pedagog kadrning bilim ko‘rsatkichlari natijasi bo‘yicha reklamatsiya yuborish amaliyotini joriy etish;
- maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini muvofiqlashtirgan holda yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026