Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi kafeda portlash uyushtirgan Trepova 27 yilga qamaldi
U terrorizm, portlovchi moddalarni noqonuniy o‘tkazish va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.
Rossiya harbiy sudi Sankt-Peterburgdagi ko‘chma majlisda «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning o‘limida ayblangan Darya Trepovani 27 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Trepova terrorizm, portlovchi moddalarni noqonuniy o‘tkazish va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Birinchi moddaga ko‘ra u 18 yilga, ikkinchisiga ko‘ra 13 yilga, uchinchisiga ko‘ra 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Muddatlarni qisman qo‘shish yo‘li bilan u 27 yilga qamaldi.
Prokuratura ayblanuvchiga 28 yil qamoq jazosini so‘ragan edi.
Trepova o‘ziga qo‘yilgan ayblarning birortasi bo‘yicha aybini tan olmadi. Shu bilan birga, u Tatarskiy qatnashayotgan kafega portlovchi moddalar solingan haykalcha olib borganini inkor etmadi. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, u ichida nima borligini bilmagan. Trepova so‘nggi nutqida jabrlanuvchilardan va ishda ishtirok etganlarning barchasidan o‘z qilmishlari uchun kechirim so‘radi.
Ishda ishtirok etgan ikkinchi shaxs, Tatarskiy o‘limidan keyin Trepovaga o‘z kvartirasida boshpana bergan Dmitriy Kasinsev sud tomonidan 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. U «huquqni muhofaza qilish organlarini chalg‘itib, o‘ta og‘ir jinoyatni yashirganlikda» ayblangan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025