Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda veyplar sotuvi taqiqlandi
Qozog‘iston parlamenti xorijdan elektron sigaretalar (veyp)larni olib kirish, respublikada ishlab chiqarish va sotishni to‘liq taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
Foto: Freepik
Hujjatda qonunbuzarlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Unga ko‘ra:
- veyplarni sotish uchun maksimal jazo - 50 sutkagacha qamoq;
- olib kirish va tarqatish uchun - 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish;
- jinoiy guruh tomonidan yoki o‘ta yirik miqdorda yoxud takroran sodir etilgan o‘sha harakatlar uchun - 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Bundan tashqari, tibbiyot xodimlariga bemorning individual xususiyatlariga qarab eng yaxshi davolash usullarini tanlash imkoniyatini berish uchun tibbiy yordam ko‘rsatishda klinik protokollardan majburiy foydalanish istisno qilinadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda har ikkinchi maktab o‘quvchisi veyp va bir martalik ishlatiladigan tamaki mahsulotlarini sotib oladi.
Haftada kamida bir marta veyp va bir martalik tamaki mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha so‘rovda qatnashgan respondentlar orasida 21 yoshgacha bo‘lgan poytaxt yoshlari yetakchi bo‘ldi, ikkinchi o‘rinda - Olmaota, uchinchi o‘rinni Ust-Kamenogorsk egalladi.
Mavzuga oid
11:53 / 06.02.2026
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
12:20 / 02.02.2026