Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada «xo‘rozlar jangi»ni o‘tkazgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Ular xo‘roz urishtirish uchun arena tashkil qilgan va ishtirokchilardan 50 ming so‘mdan yig‘gan.
Farg‘ona viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy «xo‘rozlar jangi»ni o‘tkazgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, Quva tumanida yashovchi 5 nafar shaxs qimor va tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy «xo‘rozlar jangi»ni tashkil qilgan. Ular Farg‘ona shahri, «Mustaqillik» mahallasida 400 nafar ishtirokchini jalb qilib, xo‘roz urishtirish uchun arena tashkil qilgan. Jinoiy guruh a’zolari ishtirokchilarning har biridan 50 ming so‘mdan pul yig‘gan vaqtda ushlangan.
Bundan tashqari, tadbir davomida «kassa»dan 84 mln so‘m, 3750 dollar va 8 ming qirg‘iz so‘midan ortiq mablag‘, ishtirokchilardan esa 14 mln so‘m, 14 bosh xo‘roz va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026