O‘zbekiston | 11:57 / 26.01.2024
71623
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga iliq va nam havo massalari kirib keladi

O‘zbekiston bo‘yicha 26-28 yanvar kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun O‘zbekistonning aksariyat viloyatlari sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduzi harorat +2...+5 daraja, respublika shimolida -5 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni kunduzi respublikaga Turkmaniston hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi -0...-2 darajagacha, ayrim joylarda -5 darajagacha pasayadi, kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi -6...-11 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechasi +0...+5 darajani, kunduzi +8...+13 darajani, shimolda kechasi -2...-7 darajani, kunduzi -2...+3 darajani tashkil etadi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu davrda respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, 28 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +3...+5 daraja bo‘ladi.

27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-2 daraja, kunduzi +8...+10 daraja bo‘ladi.

28 yanvarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+4 daraja, kunduzi +9...+11 daraja bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid