Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston IIV rahbarlari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazdi
Ishtirokchilar jinoyatchilikka qarshi kurashishda boshqarmalar o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Qirg‘iziston IIV
26 yanvar kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri – politsiya general-leytenanti Ulan Niyozbekov, Qozog‘iston ichki ishlar vaziri – politsiya general-leytenanti Yerjan Sadenov va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri – general-leytenant Po‘lat Bobojonovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari farovonligini ta’minlash, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangilash va faollashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda uch mamlakatdan Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati xizmati rahbarlari ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar jinoyatchilikka qarshi kurashishda boshqarmalar o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi. Va ular qo‘shma bayonnomani imzolash orqali muntazam ravishda jinoyat holati to‘g‘risida tezkor, statistik va boshqa ma’lumotlar almashinuvini faollashtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:27
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
17:38
«Bishkeklik manyak» tergov izolyatori kamerasida jonsiz holda topildi
11:53 / 06.02.2026
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
09:35 / 06.02.2026