Jahon | 11:19 / 27.01.2024
13662
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya razvedka xizmati rahbari: Putin NATOga hujum qilishdan qo‘rqmaydi

Foto: IMAGO

Agar G‘arb o‘zining mudofaa qobiliyatini aniq namoyish qilmasa, Putinning Shimoliy Atlantika alyansiga hujum qilmaslik uchun asosi qolmaydi, deb hisoblaydi Bruno Kal.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOga a’zo davlatga hujum qilishdan qo‘rqmaydi, deydi Germaniya federal razvedka xizmati (BND) prezidenti Bruno Kal. «Agar Ukraina taslim bo‘lishga majbur bo‘lsa, bu Rossiyaning hukmronlik qilish chanqog‘ini qondirmasligi aniq», deya Germaniyaning haftalik Focus jurnali 26 yanvar, juma kuni Kal bilan suhbatdan parchalarni keltirgan. Agar G‘arb o‘zining mudofaa qobiliyatini aniq namoyish qilmasa, Putinning Shimoliy Atlantika alyansiga hujum qilmaslik uchun asosi qolmaydi, deb hisoblaydi BND rahbari.

Putin o‘z maqsadini avvalgi qudrat va buyuk kuchni tiklash deb biladi hamda agar tashqi siyosatda zo‘ravonlikka tayyorlik hukmron bo‘lib, Yevropa unga taslim bo‘lsa, yomon bo‘ladi, deb ta’kidladi Bruno Kal. 

Kal Rossiyada hokimiyat almashish ehtimolini shubha bilan baholab, Vladimir Putin «qat’iy egarda o‘tirgani»ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Kremlda cheksiz hokimiyatga ega va hozirda uning harakatlariga biron-bir tarzda ta’sir o‘tkaza oladigan odamlar yo‘q. Agar u «qandaydir tarzda o‘yindan chiqadigan» bo‘lsa ham, Rossiyada u kabi o‘ylaydigan va aynan bir xil siyosat yuritadiganlar yetarli, deb tushuntirdi Germaniya federal razvedka xizmati prezidenti.

Mavzuga oid