Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda bir oilaning 6 a’zosi is gazidan vafot etdi
Marg‘ilon shahrida bir xonadonda yashab kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bergan.
Holat 26 yanvar kuni tush paytida sodir bo‘lgan. «Vatan» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyda yashagan er-xotin, ularning qizi, uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mo‘ri isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda tashqariga chiqarilgan, oqibatda polietilendan ishlangan mo‘ri qizishi sababli kirishgan joyidan chiqib ketgan. Shu tariqa, xonaga is gazi to‘planib qolgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, o‘limi sababi sifatida is gazidan o‘tkir zaharlanish va o‘tkir yurak nafas yetishmovchiligi ko‘rsatilgan. Hozirda tergovga kadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
14:57 / 15.12.2025
Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi
20:38 / 11.12.2025