Boshqarma ijtimoiy tarmoq faollaridan har qanday xabarlarga ishonmaslik, holatga ishonch hosil qilmasdan xulosa chiqarmaslik va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslikni so‘ragan.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Shalqon qishlog‘idagi yalangliklarda ikki kishiga tog‘dan tushib kelgan och bo‘rilar hujum qilgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi buni rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, aholida vahima uyg‘otgan ushbu voqea aslida Rossiyaning Volgograd oblastida sodir bo‘lgan.
Xabarda qayd etilgan Shalqon, Vandob, Kampirtepa qishloqlarining tog‘larida yashovchi yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan. Qishning qahraton sovuq kunlarida qo‘riqxonada muntazam ravishda yovvoyi hayvonlar uchun biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, yovvoyi hayvonlar uchrovchi joylarga ozuqabop yemlar hamda xashaklar qo‘yib chiqiladi.
«Xabarda ilova qilingan rasmlar ham ushbu holat Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lmaganini ko‘rsatib turibdi. Sababi murojaatda belgilangan hududlarda joriy yil hisobidan qor tushmaganini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026