Kiyevda piket va Donetskka zarba oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 705-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainalik bir qancha deputatlar va nashrlar Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning iste’fosi haqida yozishdi. Ukraina mudofaa vazirligi bu xabarlarga raddiya berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida Zalujniy haqida hech narsa demadi.
- Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Xarkiv oblastidagi Tabayevka qishlog‘i egallanganini ma’lum qildi. Ukraina QK buni rad etdi.
- Zelenskiy Germaniyadagi ARD telekanaliga bergan intervyusida ukrain armiyasida 880 ming kishi borligini ma’lum qildi va ko‘chada chaqiruv qog‘ozlari tarqatishni noto‘g‘ri chora deb atadi.
- Rossiya qo‘shini Ukrainaning Mikolayiv, Dnipropetrovsk, Xmelnitskaya va Rivne oblastlariga sakkizta dron hamda to‘rtta raketa bilan hujumlar uyushtirdi. Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, dronlarning barchasi urib tushirilgan. Hujum oqibatlari yuzasidan ma’lumot yo‘q.
- FT nashri yozishicha, Yevroittifoq Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortadigan bo‘lsa, Vengriya iqtisodiyotiga putur yetkazishga tayyor. Budapeshtdagilar esa bunday tahdiddan bexabarliklarini va Vengriya «bosimga bo‘ysunmasligi»ni bildirishgan.
- «Kommersant» nashri tasdiqlashicha, Rossiyaning uch regionida LTE interneti o‘chirilishi «dronlarga qarshi mudofaa tizimini sozlash» ishlari bilan bog‘liq.
- Yaroslavlda dron neftni qayta ishlovchi zavodga hujum qildi. Gubernator Vasiliy Golubev «shahar tashqarisidagi lagerda bir necha korpus devorlari hamda oynalari qisman shikastlangani»ni ma’lum qilgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Donetsk o‘qqa tutilishi
Ukraina qo‘shini 29 yanvar kuni Donetskni o‘qqa tutdi. Zarba okkupatsiya ostidagi shaharning sharqiy qismidagi Kalinin rayoniga berilgan. Moskva tomonidan tayinlangan mer Aleksey Kulemzinning xabariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan. Hujum vaqtida vrachlik dispanseri shikastlangan. Ukraina tomoni bu hujum yuzasidan izoh bermadi.
Kiyevda demobilizatsiya uchun piket
Kiyevliklar 28 yanvar kuni Mustaqillik maydonida ukrain harbiylari demobilizatsiyasi (harbiy xizmatdan bo‘shatilishi) uchun aksiya o‘tkazishdi. Ular Ukraina QK jangchilarini 18 oylik xizmatdan keyin uyga qaytarishni talab qilishgan. Bunday aksiyalar Ukrainaning boshqa shaharlarida, masalan Odessada ham bo‘lib o‘tgan. Hozirda qonun bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilganlar harbiy holat yakuniga qadar (yoki qonuniy xizmatdan bo‘shash uchun asoslar yuzaga kelmagunicha) xizmatda qolish majburiyatini yuklaydi.
2023 yil dekabrda Oliy radaga harbiy xizmatga chaqirish yoshini 25 ga tushirish (hozirda 27), chaqiruv qog‘ozlarini elektron tarzda yuborish, shuningdek xizmatdan bo‘yin tovlaganlarning huquqlarini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgandi. Yanvar oyida qonun loyihasi qayta ishlash uchun vazirlar mahkamasiga qaytarildi: «Sluga naroda» fraksiyasi yetakchisi David Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, undagi ba’zi qoidalar «to‘g‘ridan to‘g‘ri inson huquqlarini buzish» hisoblansa, boshqalari «optimal shakllantirilmagan».
Ukraina QKning Baxmut yaqinidagi tibbiy punkti
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024