Sport | 15:24 / 01.02.2024
12672
1 daqiqa o‘qiladi

«Panaserraikos» Jaloliddin Masharipov bilan xayrlashganini e’lon qildi

Foto: panserraikosfc.gr

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov erkin agentga aylandi.

Gretsiyaning «Panaserraikos» klubi Jaloliddin Masharipov bilan kelishuv bekor qilinganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, shartnoma Masharipovning boshqa klubga o‘tayotgani sababli bekor qilingan. 

«Masharipov bo‘yicha klubimizga moliyaviy yaxshi taklif tushgani uchun Jaloliddin bilan kelishuv bekor qilindi.

O‘zbekiston milliy jamoasining sardoriga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz», - deyiladi klub xabarida.

Avvalroq, Masharipovga Namanganning «Navbahor» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Gretsiya klubida 4 oy faoliyat yuritib, 7 o‘yinda 2ta golli assistga mualliflik qilgan.

Mavzuga oid