Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil falastinliklar o‘rniga O‘zbekistondan ishchi yollashi mumkin
Ular qurilish maydonlarida ishlagan falastinliklar o‘rnini to‘ldirishi rejalashtirilmoqda.
Foto: AFP
Isroil hukumati 4 fevral kuni Hindiston, Shri-Lanka va O‘zbekistondan 65 ming xorijlik ishchi olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters yozdi.
Qayd qilinishicha, Isroil falastinlik ishchilar o‘rnini xorijliklar bilan to‘ldirmoqchi.
2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan keyin, qurilish maydonchalarida ishlayotgan 72 mingga yaqin falastinlik ishchi xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Hozir qurilish sohasida 20 mingga yaqin xorijlik ishchi qolgan, oqibatda mamlakatdagi qurilish maydonlarining deyarli yarmi ishchi kuchi tanqisligi sababli yopilgan.
Isroil uy-joy vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalarda chet ellik ishchilarning yangi guruhi kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
09:38 / 30.04.2026
G‘azo ssenariysi: Isroil Livan janubini tekislab tashlamoqda
20:54 / 28.04.2026
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
19:07 / 27.04.2026