Jahon | 19:09 / 06.02.2024
9846
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning turbulentlik reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

Turbulentlik - bu havo massalarining tartibsiz harakati bo‘lib, u samolyotdagi parvoz paytida «chayqalish»dek seziladi. 

Foto: Getty Images

Dunyodagi eng turbulent davlatlar aniqlandi. Ro‘yxat Turbli portali tomonidan 2024 yil yanvaridagi o‘rtacha turbulentlik haqidagi ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. 

Turbli uchuvchilar va aviakompaniyalar parvozlarini rejalashtirishda foydalanadigan ma’lumotlar manbalaridan foydalangan. Bu Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) va Meteorolgiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or ob-havo modellaridan olingan ma’lumot. 

Turbulentlik - bu havo massalarining tartibsiz harakati bo‘lib, u samolyotdagi parvoz paytida «chayqalish»dek seziladi. Havo massalari doimo harorat, bosim, tezlik va yo‘nalishni o‘zgartiradi. Shu sababli, ular «aralashib» girdob oqimlarini - turbulentlikni yuzaga keltiradi. 

Qayd qilinishicha, turbulentlik eng og‘ir bo‘lgan davlatlar: Butan, Gvineya-Bisau, Senegal, Kabo-Verde, Nepal, Gabon, Gvineya, Kongo, Kamerun va Siyerra-Leone. Ushbu davlatlar osmonida parvoz qilish uchuvchilar va yo‘lovchilar uchun oson emas. 

Markaziy Osiyo davlatlari reytingi quyidagicha: Qirg‘iziston 75-o‘rin, Tojikiston 89-o‘rin, Turkmaniston 151-o‘rin, O‘zbekiston 155-o‘rin, Qozog‘iston 161-o‘rin. 

Eng kam turbulentlikka ega hudud va davlatlar: Antarktida, Shpitsbergen, Rossiya, Grenlandiya, Kanada, Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Estoniya, Latviya va Daniya.

Mavzuga oid