Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda to‘rtinchi bor xalqaro turizm forumi o‘tkaziladi
Shu yilning 9–10 fevral kunlari Samarqand shahrida STF’24 -«Samarkand Tourism Forum» turizm xizmatlarini rivojlantirish, yangi yechimlar izlab topishga yo‘naltirilgan yirik tadbir o‘tkaziladi.
Samarkand Tourism Forum 2024 — turizm xizmatlarini rivojlantirish, yangi yechimlar izlab topishga yo‘naltirilgan yirik tadbir bo‘lib, Turizmni rivorjlantirish agentligi ko‘magida tashkillashtirilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining turizm xizmati ko‘rsatuvchilari va trevel taassurotlar yaratuvchilari uchun bu yil voqeasi bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sektori ishtirokchilari uchun mustaqil ishbilarmonlik tadbiri va sayohat tajribasini yaratuvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.
To‘rtinchi bor tashkillashtirilayotgan forumning asosiy maqsadi — tajriba almashish va hamkorlik qilish uchun yuqori sifatli platformani ta’minlash va sanoat ishtirokchilarining umumiy platformalarda uchrashishiga yordam berishdir.
STF atrofida hamjamiyat shakllandi, uning a’zolari «gorizontal» yondashuvga ega. Ko‘pchilik ma’ruzachilar STF’ga o‘z mablag‘lari evaziga kelib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishadi, bu bilan ular o‘z jamiyati va butun soha rivojiga hissa qo‘shishlarini tushunadilar. Tinglovchilar buni qadrlashadi va chiptalarni sotib olishadi, shunda tashkilotchilar barchani tarmoq uchun qulay infratuzilma bilan ta’minlashi mumkin.
STF ilk marta 2020 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va mamlakatning «madaniy elchilari» bo‘lgan gidlarga bag‘ishlangan edi. Ilk forumdan ko‘zlangan maqsad ishtirokchilarga mintaqadagi eng talabchan kasblardan biriga kirish nuqtalarini ko‘rsatish va buni deyarli har qanday yoshda amalga oshirish mumkinligini isbotlash edi.
Dastur ta’lim va gidlarning kasbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan edi. Bundan tashqari, TITF 2022 Samarqand turizm forumi doirasida o‘z stendida Markaziy Osiyo mamlakatlarining 8 ta turistik assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash tartibi tashabbuskor bo‘ldi va amalga oshirildi, uning mazmuni navbatdagi forum kun tartibini tashkil etdi.

2023 yilning 10–11 fevral kunlari Samarqand chet tillar instituti hududida bo‘lib o‘tgan ikkinchi STF «Travel Bazaar» ramziy nomini oldi: dastur gidlar, turoperatorlar, restoranchilar, mehmonxonachilardan tortib, turizmgacha bo‘lgan barcha bozor ishtirokchilarini qamrab oldi.
STF-2023da 13 ta davlat: Avstraliya, Germaniya, Gurjiston, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va Shveytsariyadan 183 nafar ishtirokchi va 40 nafar ma’ruzachini birlashtirdi.
Unda turoperatorlar, mehmonxonalar vakillari, uslubiyotchilar, ta’lim va madaniyat muassasalari — universitetlar, muzeylar, kurslar; sayohat sanoati uchun xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, aviakompaniyalar, davlat organlari vakillari, xalqaro loyihalar va tashkilotlar, kasbiy (sanoat) assotsiatsiyalar va nodavlat xalqaro tashkilotlar, traveltech startaplari va boshqa tarmoqlar kompaniyalari ishtirok etishdi.

Bu yilgi tadbirda ishtirokchi davlatlar va tashkilotlar soni yanada ortishi kutilmoqda.
Ikki kunlik tadbir davomida Markaziy Osiyoda turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mavzusida pandel muloqoti, xalqaro mehmonxona tarmoqlarining o‘sishining mahalliy bozorlar uchun ta’siri, agroturistik obekt bo‘lish sirlari, Markaziy Osiyo va Buyuk Ipak yo‘li turizm assotsiatsiyalari maqsadlarining uyg‘unlashuvi, turizm sohasida ayollar tadbirkorligi, chegaraoldi hududlarda turizmni rivojlantirish, muammoli turistlar bilan ishlash, “yashil” hotellarni daromadli sohaga aylantirish, turistlar uchun restoranlarni jihozlash, turizm sohasida trendlar bilan ishlash, enogastronomik turizm kabi mavzularda doklarlar, davra stollari tashkil etiladi.
Shuningdek turli master-klasslar ham namoyish etiladi.
Mavzuga oid
11:00
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
10:50
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
18:31 / 09.06.2026