22:37 / 10.02.2024
12888

Vengriya prezidenti Katalin Novak mojaro ortidan iste’foga chiqdi

U bolalar uyidagi jinsiy zo‘ravonlik holatlarini yashirgan amaldorni avf etgan edi.

Foto: REUTERS/Amr Alfiky

Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni yashirganlikda ayblangan shaxsning avf etilishi bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Novakning iste’fosini mamlakatdagi barcha muxolif partiyalar talab qilgan edi, chunki u 2023 yil bahorida Rim papasi tashrifidan oldin, bolalar uyining sobiq direktor o‘rinbosarini afv etish haqidagi so‘rovini qondirgan. U o‘z o‘quvchilariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlarini yashirishda maktab direktoriga ko‘maklashgan, oqibatda 3 yilu 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

O‘z murojaatida Novak «xato qilganini» aytdi. Endi Vengriya parlamenti 30 kun ichida yangi davlat rahbarini saylaydi.

Katalin Novak 2022 yil mart oyida prezidentlik faoliyatini boshlagan. U Vengriya tarixidagi birinchi prezident ayol bo‘ldi.  

Vengriyada prezident vakolatlari qonun bilan cheklangan. Ularning bir qismidan faqat hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlansagina foydalanish mumkin. Mamlakatda prezident parlamentdagi yashirish ovoz berish yo‘li orqali 5 yil muddatga saylanadi.

Top