Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda sud xodimi pora bilan ushlandi
U nikohdan ajratib berish evaziga fuqarodan 1000 AQSh dollari olgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi tezkor tadbirda ushlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi A.A. fuqaro G.J.dan turmush o‘rtog‘i T.J. bilan qonuniy nikohdan ajratib berish evaziga 1 000 AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
“Oliy sud mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan, sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.
Agar sud xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Oliy sud Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat guruhining (71) 239-01-79 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Oldinroq jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash uchun 20 ming dollar talab qilib, shundan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangandi.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
08:03 / 01.12.2025
Bir necha marta sudlangan hokim yordamchisi 2 ming dollar bilan ushlandi
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
09:33 / 26.11.2025