O‘zbekiston | 14:00 / 14.02.2024
10620
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamshidbek Bozorboyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelgan O‘tkirbek Shukurov sog‘ligi tufayli vazifasidan ozod qilingandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Bozorboyev Jamshid Rafiqjon o‘g‘li Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamshidbek Bozorboyev 1990 yili Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2015 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida tuman hokimligi, Andijon viloyati “Suvoqava” DUK, “Toza hudud” DUK, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari va rahbar lavozimlarida ishlagan.

U lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xo‘jaobod tumaniga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelgan O‘tkirbek Shukurov oldinroq sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid