Xöjaobod tumanidagi profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni piçoqlab öldirgan 65 yoşli erkak qölga olindi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçi Yu.Xolbozorov joriy yilning 4 iyul kuni soat taxminan 6:30 larda Xöjaobod tumanining Yuksaliş mahallasi Söqoloq qabristonidagi makkapoya içida yaşirinib yotganligi aniqlangan. U qölga oliş jarayonida özining qorin qismiga piçoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 1 iyul kuni Xöjaobod tumanida oila a’zolariga piçoq bilan tahdid qilayotgan 65 yoşli erkak, çaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni piçoq bilan jarohatlagandi. IIB xodimi şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Qotil esa voqea joyidan yaşiringandi.

Qotillik qurboni bölgan profilaktika inspektori sönggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi. Janozada IIB xodimlari saf tortdi hamda osmonga qarata öq ham uzildi.