Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
“Monya” laqabi bilan tanilgan 23 yoshli ayol 2023 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIVga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Odam savdosi jinoyati bo‘yicha ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbul shahrida ushlandi. Bu haqda Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya politsiyasi va O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti qidiruv boshqarmasi hamkorligida Istanbul shahrida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat olamida “Monya” laqabi bilan tanilgan 23 yoshli Munisaxon Alijonova qo‘lga olingan.
Munisaxon Alijonova odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Avvalroq, odam savdosida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ikki ayol, shuningdek, «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Nilufar Mirxonova Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:34 / 18.04.2026
Toshkentda odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
22:20 / 03.02.2026