O‘zbekiston | 13:55 / 16.02.2024
14381
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar olganda ushlandi - manba  

U fuqaroga turar-joy sotib olish uchun yaqin tanishlari orqali pul evaziga subsidiya olib bermoqchi bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, xodim sobiq sudyaning o‘g‘li bo‘lgan.  

Foto: Oleg Yakovlev

Namangan shahrida davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tezkor tadbirda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, Namangan shahar adliya bo‘limining davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi X.R. qo‘lga tushgan. U turar-joy sotib olish uchun yaqin tanishlari orqali subsidiya mablag‘lari ajrattirib berishni va’da qilib, buning evaziga fuqarodan 1 500 AQSh dollar talab qilgan. Katta mutaxassis kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Qo‘lga olingan shaxs sobiq sudyaning o‘g‘li ekanligi aytilmoqda.  

Oldinroq Qo‘qonda sud xodimi nikohdan ajratib berish evaziga fuqarodan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangandi.

Mavzuga oid