Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50 mingdan ortiq kishi Navalniyning jasadini oilasiga topshirishni talab qilmoqda
«OVD-Info» loyihasi RF TQga Aleksey Navalniyning jasadini topshirish talablari bilan ariza yuborishni taklif qildi. Ayni paytda siyosatchining onasi va advokatlari uning jasadi saqlanayotgan o‘likxonaga kiritilmagan.
50 mingdan ortiq odam Yamal-Nenets avtonom okrugidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning jasadini qarindoshlariga topshirishni talab qildi. Inson huquqlari bo‘yicha «OVD-Info» loyihasining «Dyatel» xizmati orqali 19 fevral, dushanba kuni tongda xabar e’lon qilingan vaqtda, Rossiya Tergov qo‘mitasi (TQ)ga 50,7 mingga yaqin tegishli arizalar yuborilgan.
«Dyatel» xizmati bir necha daqiqada TQga ariza yuborish imkonini beradi. «OVD-Info» 17 fevral kuni kechqurun Navalniyning jasadini uning oilasiga topshirish bo‘yicha murojaatnoma yubordi. «Biz Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga murojaatimizni jo‘natish xavfsiz, deb hisoblaymiz. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi boshqarmasi murojaat uchun bosim o‘tkaza olmaydi», - deydi huquq himoyachilari.
«OVD-Info»ning qayd etishicha, Rossiya rasmiylari 47 yoshli Aleksey Navalniyning o‘limi sababini aytmayapti va uning jasadini onasiga berishdan bosh tortmoqda. «Salexarddagi Tergov qo‘mitasi sabab aniqlanmaganini va takroriy gistologik tekshiruv o‘tkazilayotganini ta’kidlamoqda, natijalar faqat keyingi haftada olinadi. Siyosatchining yaqinlari va sheriklari fikricha, rasmiylar shu yo‘l bilan jinoyatni, uning o‘limi haqiqiy sababini yashirishga harakat qilmoqda», deyiladi bayonotda.
Navalniy jamoasi: Ona va advokatlarni o‘likxonaga kiritishmadi
Ayni paytda, marhum rossiyalik muxolifatchining sheriklari Lyudmila Navalnaya siyosatchi jasadi joylashgan o‘likxonaga kiritilmagani haqida xabar berdi. «Erta tongda Alekseyning onasi va advokatlari o‘likxonaga keldi. Ularni ichkariga kiritishmadi. Advokatlardan birini tom ma’noda tashqariga itarib yuborishdi. Alekseyning jasadi bormi, degan savolga xodimlar javob berishmadi», - deb yozadi ular ijtimoiy tarmoqlarda.
«Mediazona» Navalniyning jasadini olib kelgan FSIN kortejini aniqladi
Bir kun oldin «Mediazona» koloniya rahbariyatiga ko‘ra, Navalniyning jasadi jo‘natilgan Labitnangi va Salexard o‘rtasidagi yagona quruqlik yo‘li bo‘lgan Ob bo‘ylab muz o‘tish joyidagi ikkita kuzatuv kamerasidan olingan videotasvirlarni e’lon qildi. «17 fevralga o‘tar kechasi, Navalniyning onasi va advokatlari kelishidan oldin, FSIN korteji qayd etilgan. Bizning taxminimizcha, u jasadni olib ketgan», - deya xabar berdi jurnalistlar.
Yozuvlarda ikkita yo‘l harakati xizmati avtomobili, kulrang sedan va ikkita yashil chiziqli UAZ mikroavtobusi («buxanka»)dan iborat kortej ko‘rsatilgan. Yashil chiziq, «Mediazona» ta’kidlaganidek, FSIN transport vositalarini belgilaydi. Daryoni kesib o‘tgandan so‘ng, kolonna Salexard tomon harakatlana boshlagan, ammo uning keyingi yo‘lini kuzatishning iloji bo‘lmagan. O‘tish joyidagi videoyozuvlarda boshqa FSIN avtomobillari ko‘rinmagani uchun «Mediazona» bu kortej Navalniyning jasadini Salexardga olib ketganini taxmin qildi.
Rasmiylar Navalniyning jasadi qayerda ekanini oshkor etishdan bosh tortmoqda
Bir kun avval «Novaya gazeta. Yevropa» manbalariga tayanib, Navalniyning jasadi Salexard klinik shifoxonasi o‘likxonasida ekanini xabar qilgan edi. «Navalniyning jasadi dastlab Labitnangiga olib ketilgan, biroq 16 fevral kuni kechqurun Mir ko‘chasidagi Salexard tuman kasalxonasiga yetkazilgan», — deya suhbatdoshining so‘zlarini keltiradi nashr. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 17 fevral holatiga jasadni yorib ko‘rish amaliyoti o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, «Novaya gazeta. Yevropa» tez yordam xizmati xodimiga tayanib qayd etishicha, Navalniyning tanasida «u hayoti davomida olgan ko‘karishlar aniqlangan», «bu lekin kaltaklash natijasida emas, balki boshqa harakatlar natijasida ro‘y bergan». Jurnalistlar suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, gap talvasalar va bilvosita yurak massaji paytida shifokorlarning harakatlari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
16 fevral kuni Yamal-Nenets avtonom okrugi federal jazoni ijro etish xizmati Xarp qishlog‘idagi «Polyarnyy volk» IK-3da uzoq muddat qamoqda o‘tirgan Aleksey Navalniyning o‘limi haqida xabar berdi. 17 fevral kuni kechqurun Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish Salexardda sodir bo‘layotgan voqealarni izohlar ekan, davlat idoralari Navalniyning yaqinlariga uning jasadi qayerda ekani haqida ma’lumot berishdan bosh tortayotganini aytdi. «Ular har bir so‘zda yolg‘on gapirayotgani ko‘rinib turibdi. Ataylab noto‘g‘ri ma’lumotni qayta-qayta beryapti, bizni chalkashtirib yuborishmoqchi. So‘nggi marta ular Aleksey Navalniyning oilasiga uni Germaniyaga olib ketishga ruxsat bermadi, bu aynan izlarni yashirish uchun qilindi. Ular shu tarzda uning tanasida «Novichok»ning barcha ta’siri eriydi va tahlil paytida sezilmaydi, deb umid qilgan», dedi Yarmish.
Mavzuga oid
16:10 / 10.03.2026
Navalniy jamoasi jasad yorilishi bo‘yicha materiallarni oshkor qildi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026