O‘zbekiston | 21:23 / 19.02.2024
4344
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologik partiya O‘zbekistonda a’zolari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi 

Biroq, u yetakchi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ikki barobar ortda bormoqda. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi qisqa vaqt ichida a’zolari sonini keskin oshirib, partiyalar orasida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Qayd qilinishicha, bu borada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) yetakchilik qilmoqda. 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, uning a’zolari soni 1,3 milliondan oshgan. Tashkil etilganiga endi 5 yil to‘lgan Ekologik partiya a’zolari soni esa 623 mingga yaqinlashmoqda. 

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra partiyalarning a’olari soni:

- O‘zLiDeP — 1 million 330 ming 364 nafar;

- Ekopartiya — 622 ming 413 nafar;

- «Adolat» SDP — 592 ming 517 nafar;

- XDP — 583 ming 141 nafar;

- «Milliy tiklanish» DP — 392 ming 425 nafar. 

Mavzuga oid