Dunyoda 5,4 milliard odam 70 yoşdan oşgan erkaklar nazorati ostida yaşamoqda, bu esa dunyo aholisining 67,5 foizini taşkil qiladi. Germaniyaning Bild naşri ma’lumotlariga köra, ayollar atigi 28 mamlakatni boşqaradi, bu dunyo aholisining taxminan 5 foizini qamrab oladi.
Naşrning qayd etişiça, butun dunyoda siyosiy hokimiyat tobora keksa erkaklar qölida, xususan, AQŞ, Rossiya, Eron, Hindiston va Xitoyda.
Donald Tramp 78 yoşda, Vladimir Putin 73 yoşda, Si Jinping 71 yoşda, Mas’ud Pizişkiyon 70 yoşda, Hindiston boş vaziri Narendra Modi 74 yoşda.
«Yer yuzidagi 8 milliardga yaqin aholining 5,4 milliardi yoki 67,5 foizi 70 yoşdan oşgan erkaklar hukmronligi ostida», deyiladi maqolada.
Yoş böyiça hozirgi rekordçi - Kamerun prezidenti Pol Biyya. U 91 yoşda va 42 yildan beri bu lavozimda. Bundan taşqari, Kamerunda örtaça yoş 18 dan ozroq.
Ayollar 380 million kişini boşqaradi, bu 28 ta davlat va dunyo aholisining 5 foizdan sal kamroği. Ularning eng yiriklari — Meksika va Italiya. Eng yoş ayol boş vazir Kristrun Frostadottir (Islandiya), u 36 yoşda.
Qayd etilişiça, Bild hukmdorlar sifatida nominal davlat boşliğini emas, balki haqiqatda asosiy qarorlarni qabul qiluvçilarni tanlab olgan.








