O‘zbekiston | 12:03 / 19.02.2024
3523
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaliklar O‘zbekistonga asosan qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida kelyapti

Turkiyadan 2023 yilda O‘zbekistonga 106 516 nafar turist kelgan.

2023 yil davomida Turkiyadan  O‘zbekistonga 106 516 nafar turistlar tashrif buyurgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinni egallab turibdi – 49 307 nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

  • dam olish – 38 322 nafar 
  • xizmat yuzasidan – 17 700 nafar
  • tijorat – 1 004 nafar
  • o‘qish – 142 nafar

Oylar kesimida Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni:

  • yanvarda – 6 702 nafar; 
  • fevralda – 6668 nafar;  
  • martda – 8318 nafar;  
  • aprelda – 7999 nafar;
  • mayda – 9774 nafar;
  • iyunda – 8866 nafar;
  • iyulda – 9683 nafar;
  • avgustda – 9484 nafar;
  • sentabrda – 10 587 nafar;
  • oktyabrda – 11 164 nafar;
  • noyabrda – 9999 nafar;
  • dekabrda – 7272 nafar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid