Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda jami 11,7 mln nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan. Uşbu davrda mamlakatga 200 ta davlatdan turistlar kelgani qayd etilgan.
Jinsi böyiça taqsimotga köra, taşrif buyurganlarning 6 404 283 nafari erkaklar, 5 275 345 nafari ayollardan iborat.
Yoş böyiça taqsimot esa quyidagiça şakllangan:
- 0–18 yoş — 1 479 729 nafar;
- 19–30 yoş — 1 924 358 nafar;
- 31–55 yoş — 5 923 793 nafar;
- 56 yoş va undan kattalar — 2 351 748 nafar.
Ma’lumotlarga köra, turistlarning eng katta uluşi 31–55 yoş toifasi hissasiga töğri kelgan.

















