Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar Samarqandda faoliyat yurityapti
O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar holatiga jami 44 935 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Foto: Kun.uz
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi – 7 964 ta.
Keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 009 ta va 4 889 tani tashkil etgan Farg‘ona viloyati hamda Xorazm viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Toshkent viloyati – 3 848 ta;
- Surxondaryo viloyati – 3 742 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 3 614 ta;
- Navoiy viloyati – 3 418 ta;
- Buxoro viloyati – 3 052 ta;
- Toshkent shahri – 2 992 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 173 ta;
- Jizzax viloyati – 1 512 ta;
- Andijon viloyati – 1 483 ta;
- Namangan viloyati – 960 ta;
- Sirdaryo viloyati – 279 ta.
Mavzuga oid
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026