Jahon | 11:46 / 24.02.2024
12478
3 daqiqa o‘qiladi

Navalniyning onasiga o‘g‘li dafn marosimi bo‘yicha ultimatum qo‘yildi

Tergovchi Navalniyning onasiga yo 3 soatdan keyin u xayrlashish marosimisiz yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lishini yoki o‘g‘li koloniyaga dafn etilishini aytgan.

Foto: Navalny Team/AP/picture alliance

Tergovchi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnayaga qo‘ng‘iroq qilib, unga o‘g‘li dafn marosimi bo‘yicha ultimatum qo‘ydi, deb xabar qildi siyosatchi matbuot kotibi Kira Yarmish 23 fevral, juma kuni.

«Yoki u 3 soat ichida ochiq xayrlashuv marosimisiz yashirin dafn marosimiga rozi bo‘ladi yoki Aleksey koloniyaga dafn qilinadi», dedi Yarmish tergovchi so‘zlarini keltirib. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy onasi Tergov qo‘mitasi bilan muzokaradan bosh tortgan, chunki ular Navalniyni qanday va qayerda dafn etishni hal qilish vakolatiga ega emas.

«U tergovchilardan o‘lim sababi aniqlangan paytdan boshlab ikki kun ichida jasadni topshirish majburiyati yuklangan qonunga rioya etishni talab qilmoqda. U imzolagan tibbiy hujjatlarga ko‘ra, bu ikki kun ertaga tugaydi. Lyudmila rasmiylar dafn marosimi urf-odatlarga muvofiq o‘tkazilishiga ruxsat berishini talab qilmoqda», — dedi Yarmish. 

Navalniyning onasiga tahdidlar 

Bir kun avval Aleksey Navalniyning onasi unga o‘g‘li jasadini ko‘rsatishganini va xayrlashuv marosimisiz yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lishini talab qilishayotganini aytdi. «Tergovchilar o‘lim sababini bilishini da’vo qilmoqda. Ularda barcha huquqiy va tibbiy hujjatlar tayyor, men ko‘rdim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomaga imzo chekdim. Qonunga ko‘ra, ular darhol menga Alekseyning jasadini berishi kerak edi, lekin buning o‘rniga Alekseyni qayerda, qachon va qanday dafn qilish kerakligi bo‘yicha shantaj qilib, shart qo‘yapti», - dedi Lyudmila Navalnaya. 

Navalnayaning so‘zlariga ko‘ra, u bilan aloqada bo‘lgan xavfsizlik kuchlari siyosatchi yashirin dafn marosimi o‘tkazilishiga rozilik olish uchun «buyruqqa ega». «Ular xayrlashuv marosimisiz, yashirincha qilishni xohlayapti, meni qabriston chetidagi yangi qabrga olib borib, «o‘g‘lingiz shu yerda yotibdi», deyishmoqchi. Uning o‘limi shaxsiy fojiaga aylangan barcha Aleksey bilan xayrlashish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», - dedi Navalnaya. 

U tahdidlardan keyin videomurojaat yozishga qaror qildi. «Ko‘zlarimga qarab, agar yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lmasam, o‘g‘limning jasadi bilan nimadir qilib yuborishadi, deyishdi. Tergovchi Viropayev menga ochiqchasiga «vaqt siz tomonda emas, tana chiriyapti» dedi. O‘g‘lim jasadini zudlik bilan menga qaytarib berishlarini talab qilyapman», - dedi siyosatchining onasi. 

Mavzuga oid