Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning barcha hududlarida kamida bittadan hospis quriladi
2024 yil oxirigacha Toshkent, Nukus va O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida kamida bittadan hospis tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2024 yil oxiriga qadar Toshkent, Nukus shaharlari va O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida talabdan kelib chiqib, og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi kamida bitta hospis tashkil etiladi.
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan prezident farmoniga ko‘ra, hospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy ko‘maklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar e’lon qilib boriladi.
Hospislarni tashkil etishga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mas’ul etib belgilandi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025