10:43 / 24.02.2024
3836

Parij va London Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishini ma’lum qildi

«Ukraina o‘zi, o‘z ideallari, Yevropamiz uchun kurashmoqda. Uning tomonida kurashish majburiyatimiz zaiflashmaydi», deb yozdi Fransiya prezidenti Makron X ijtimoiy tarmog‘ida.

Foto: Thibault Camus/AP Photo/picture alliance

Fransiya ikki yildan beri Rossiyadan himoyalanayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘ida 24 fevral, shanba kuni erta tongda – Rossiyaning qo‘shni davlatga keng ko‘lamli hujumi boshlanganining ikki yilligi munosabati bilan aytdi

«Ikki yillik urush. Kaltaklangan va yaralangan, lekin hali ham tik turibdi. Ukraina o‘zi, o‘z ideallari, bizning Yevropa uchun kurashmoqda. Uning tomonida kurashish majburiyatimiz zaiflashmaydi», - dedi Fransiya davlat rahbari chop etilgan postida fransuz va ingliz tillarida. 

Yelisey saroyining AFP agentligi iqtibos keltirgan bayonotida, shuningdek, Fransiya Ukrainani «barcha sohalarda, jumladan, harbiy texnika yetkazib berish, mudofaa korxonalari o‘rtasida qo‘shma ishlab chiqarish, o‘qitish, razvedka, fuqarolik yordami hamda boshqa sohalarni rivojlantirish orqali qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida ekanligi aytilgan».

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida «Yevropa charchaganiga ishonmasligi» kerak, deya ogohlantirmoqda Parij. 

Emmanuel Makron 16 fevral kuni Parijda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi va har ikki yetakchi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Bundan tashqari, Fransiya Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ va Rossiyadan himoyalanishda yordam va’da qildi. 

Britaniya bosh vaziri Sunak Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda qat’iylikka chaqirdi

Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 23 fevral kuni kechki payt Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganining ikki yilligi arafasida xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. «Ikki yil oldin noqonuniy hujum boshlanganida, erkin dunyo bunga javoban birlashdi. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatladik. Va bu qayg‘uli kunda qarorimizni yangilashimiz kerak», - dedi u. 

Sunakning aytishicha, Ukraina harbiylari «nafaqat o‘z mamlakatini mutlaqo asossiz hujumdan himoya qilish uchun, balki barchamiz bog‘liq bo‘lgan erkinlik, suverenitet va qonun ustuvorligi tamoyillarini himoya qilish uchun» og‘ir narx to‘lamoqda. 

Mavzuga oid
Top