Jahon | 12:06 / 01.03.2024
3813
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda ko‘p qavatli uyda yong‘in: o‘nlab kishilar halok bo‘lgan

Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi.

Foto: AFP

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 29 fevral kuni kechqurun soat 10 atrofida yetti qavatlik binoni egallagan restoranda chiqqan va olov tezda barcha qavatlarga tarqalib, o‘nlab kishilar olovli qopqonda qolgan.

O‘t o‘chiruvchilarning aytshiicha, yong‘in allaqachon o‘chirilgan, ammo yong‘in kelib chiqish sababi hozircha noma’lum.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Samanta Lal Senga ko‘ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor, yana o‘nlab jabrlanganlar shifoxonalarning kuyish bo‘limiga yotqizilgan.

«Biz zinapoyadan ko‘tarilayotgan tutunni ko‘rganimizda oltinchi qavatda edik, — degan restoran menejyerlaridan biri bo‘lgan va yong‘indan omon chiqqan Soxel jurnalistlarga. — Ko‘pchilik zinapoyalar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarildi, biz esa suv quvuri bo‘ylab pastga tushdik. Ayrimlar yuqori qavatlardan sakrab jarohatlandi».

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid