Jahon | 19:36 / 01.03.2024
40532
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Aleksey Navalniy bilan xayrlashdi. Fotosuratlar

Rasmiylarning qattiq qo‘rqitishlariga qaramay, Moskvada marhum siyosatchi xotirasiga hurmat bajo etish uchun minglab kishilar yig‘ildi.

2024 yil 1 mart kuni Moskvada Aleksey Navalniy bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi. Rossiyada amalda har qanday ko‘cha aksiyalari bekor qilinganiga qaramay, janoza marosimi o‘tkazilgan Marino rayonidagi «Utoli moya pechali» («Qayg‘umni arit») cherkovida hamda Borisov qabristonida minglab kishilar yig‘ildi, ular orasida Yevropa mamlakatlari va AQSh diplomatlari, shuningdek rossiyalik siyosatchilar Yevgeniy Royzman, Boris Nadejdin va Yekaterina Dunsova ham bor edi. Politsiya oldindan cherkov hududini metall to‘siqlar bilan o‘rab oldi, ibodatxona atrofida internet uzilishlar bilan ishladi. Janoza marosimidan keyin Navalniyning dafn marosimi o‘tkazilgan Borisov qabristoni juma kuni keluvchilar uchun yopib qo‘yilgandi — ammo u yerga ham minglab kishilar bordi. Quyida so‘nggi vaqtlarda Rossiyadagi eng yirik aksiyaga aylangan dafn marosimidan asosiy suratlar keltiriladi.

Erta tongdan Marinodagi «Utoli moya pechali» cherkovi atrofida politsiyachilar va Rosgvardiya xodimlari yig‘ila boshladi. Ularning soni qanchaligi — noma’lum, ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videoyozuvlarga ko‘ra, yuzlab xodimlar kelgan.
«Meduza»
«Marino» metrosidan cherkovgacha bo‘lgan hudud (ularning oralig‘idagi masofa — taxminan 200 metr) metall to‘siqlar bilan o‘rab olindi
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Aleksey Navalniyning onasi va otasi — Lyudmila Ivanovna va Anatoliy Ivanovich
Ibodatxona atrofida AQSh elchisi Linn Treysi, Germaniya elchisi Aleksandr Graf Lambsdorff, Fransiya elchisi Piyer Levi va Yevroittifoqning qator davlatlari diplomatik vakillari ko‘rinish berishdi.

Sanoqli daqiqalarda ibodatxona oldida ulkan navbat yuzaga keldi. Voqea joyida ishlagan jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Navalniy bilan xayrlashish uchun bir necha ming kishi tashrif buyurgan
Varlamov news Telegram-kanali
Aleksey Navalniyning jasadi solingan tobut. Foto: «Meduza»
Reuters / Scanpix / LETA
Foto: «Meduza»
Navalniyning jasadi solingan tobut 20 daqiqa davom etgan janozadan keyin ibodatxonadan olib chiqilmoqda
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Foto: «Meduza»
Navalniy bilan vidolashuv uchun kelganlar «Rahmat, Aleksey!» deya hayqirishdi, shuningdek «Sevgi qo‘rquvdan ustun» va «Putin qotil» shiorlarini takrorlashdi.
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Borisov qabristoniga ketayotgan olomon. Tongda ijtimoiy tarmoqda bugun qabriston keluvchilar uchun yopiq bo‘lishi haqida e’lon aks etgan fotosuratlar tarqalgandi. Qabriston xodimlari bu ma’lumotni rad etdi. U chindan ham soat 9:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatdi
Reuters / Scanpix / LETA
Lyudmila va Anatoliy Navalniylar hamda siyosatchining boshqa yaqinlari uning qabri oldida
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid