O‘zbekiston | 15:08 / 02.03.2024
4148
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar O‘zbekistonda energetika loyihalarida ishtirokini kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Nebras Power kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xalid Jolo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ushbu kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Bosh ijrochi direktor Xalid Jolo Nebras Power kompaniyasi uchun O‘zbekistonda yaratib berilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralar yakunida amalga oshirilayotgan loyihalarni tezlashtirish va yangi rejalarni ishlab chiqish maqsadida Nebras Power kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Nebras Power kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan. Kompaniya energetika sohasida Qatarning yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. U 10 dan ortiq davlatlarda quvvati 6,8 GVtga teng 22 ta loyihani amalga oshirgan. Korxona aktivlari 2,4 milliard AQSh dollariga teng. Hozirgi kunda mazkur kompaniyada salkam 5 ming kishining bandligi ta’minlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid