O‘zbekiston | 10:33 / 04.03.2024
19181
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor davlat qo‘riqxonasida oq boshli qumoy tasvirga olindi

Oq boshli qumoy O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, uni ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan.

Foto: Videodan kadr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan oq boshli qumoy tasvirga olindi.

Oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida TMXI Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. 

So‘nggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagacha, Objazsoyda (Qurama tog‘i)  46 ta, Dehqonobodda – 70 ta, Tangi qishlog‘ida (Ko‘hitang) – 27 ta dan iborat galasi uchragan. 

Surxon davlat qo‘riqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015 yilda 55-60 tani tashkil etgan. Markaziy Osiyo populyatsiyasining soni barqaror. Dunyodagi populyatsiyasi 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi.

Mavzuga oid