Davlat ekologiya qömitasi tasarrufidagi Hisor davlat qöriqxonasi qöriqlaş xodimlari tomonidan örnatilgan fotoqopqon obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi.

Turkiston silovsini tabiiy majmualarda zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan  tur hisoblanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Qizil  röyxati va Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.  

Turkiston silovsini köpinça tuyoqli hayvonlar, mayda quşlar va kemiruvçilar bilan oziqlanadi.

Kuzatuvlarga köra, Turkiston silovsini bugungi  kunda qöriqxonaning Ğilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bölimlarida uçraydi va ularning umumiy soni 160 boşni taşkil qiladi.