Davlat ekologiya qömitasi tasarrufidagi Hisor davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonlar Tyan-Şan qönğir ayiqlarini kamera obektiviga muhrladi.

Qönğir ayiq — respublika faunasi noyob turlaridan biri. Mutaxassislar tili bilan aytganda, u tabiatan kamyob, ya’ni mozaik tarqalgan kenja tur sanaladi.

Odatda, ayiqlar qiş mavsumi yaqinlaşar ekan, qişki uyquga ketişdan oldin töyib ovqatlanişga va bu bilan öziga kerakli bölgan moddalarni, vitaminlarni töplab olişga harakat qiladi. Fotoqopqonlar olgan tasvirlarda ham ular oziq izlab yurganini köriş mumkin.

Tyan-Şan qönğir ayiği Qizil röyxat va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Hisor davlat qöriqxonasi hududida aniqlangan ayiqlar soni hozirda 150 boşdan ortiq va qöriqxonaning deyarli barça hududlarida uçraydi.