Jamiyat | 18:33 / 05.03.2024
12974
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ayol bolalarini qiynagani tasvirlangan videoni eriga yuborgani aniqlandi 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Foto: IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida yashovchi ayol ijtimoiy tarmoqda eri bilan urishib, unga bolalarini qiynagani tasvirlangan videoni yuborgani aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, ayol shar’iy nikohdagi eri bilan ijtimoiy tarmoqda urishib qolgan. So‘ngra, jahl ustida bolalarini urib, ularga ruhiy tazyiq o‘tkazib, haqorat qilgan. Buni videotasvirga olib, eriga yuborgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid