Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos yana dunyodagi eng badavlat insonga aylandi
Amazon asoschisi bo‘lgan 60 yoshli tadbirkor oxirgi marta Bloomberg tomonidan 2021 yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan edi. Endi Jyeff Bezos yana Tesla va SpaceX bosh direktorini ortda qoldirdi.
Amazon asoschisi Jyeff Bezos Bloomberg global milliarderlar indeksida yana birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi AFP 5 mart, seshanba kuni.
2024 yilda boyligi 200 milliard dollarga baholangan Bezos dunyodagi eng badavlat odamlar reytingida SpaceX egasi Ilon Mask va LVMH Moet Hennessy - Louis Vuitton direktorlar kengashi raisi Bernard Arnoni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda ularning boyligi mos ravishda 198 va 197 milliard dollarni tashkil qiladi. Bezosning kapitalini hisoblashda uning koinot tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Blue Origin kompaniyasidan tushgan daromad va Amazon aksiyalari savdosi hisobga olingan.
Bloomberg reytingida oxirgi marta 60 yoshli Jyeff Bezos 2021 yilda birinchi o‘rinni egallagan edi. Shundan so‘ng, yetakchilik o‘rnini Ilon Mask egalladi, uning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi ko‘tarilishi tufayli ortdi. Biroq, 2024 yilda Tesla aksiyalari 24 foizga arzonlashdi.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025