Meva-sabzavotlar mahsulotlari narxlari nazoratga olinadi
1 maydan boshlab respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari belgilanadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari quyidagilarga asoslanib belgilanadi:
- O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalaridan olingan tashqi bozordagi narxlar;
- ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi ochiq manbalar) va axborot-tahliliy nashrlarda e’lon qilingan narxlar;
- tashqi savdo kompaniyalari hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining xorijdagi vakolatxonalaridan olingan eksport narxlari;
- mahalliy va xorijiy treyder hamda kompaniyalarga yuboriladigan so‘rovlar asosida olingan narxlar;
- meva-sabzavot mahsulotlarining tannarxi, ichki bozordagi ulgurji va chakana narxlar.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi pasayishining tafovuti tavsiya etiladiganidan 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxi tavsiya etiladiganidan 20 foizdan ortiq pasaytirilgani aniqlanganda, Bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha 24 soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich
O‘zbekiston | 19:00
-
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi
O‘zbekiston | 18:57
-
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi
Jahon | 18:55
-
Belgiya do‘konlarida tamaki mahsulotlarini ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish taqiqlandi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

12:42 / 18.03.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi

13:08 / 24.02.2025
Polsha yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtiradi

16:07 / 29.01.2025
Mingdan ortiq dorixonada dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi

16:21 / 24.01.2025