Dronlar Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum qildi
Rossiyaning Rostov va Kursk viloyatlari dronlar hujumiga uchradi. Ma’lum qilinishicha, hujumlar havo hujumidan mudofaa vositalari yordamida qaytarilgan.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning Kursk va Rostov viloyatlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumlarini qaytardi. Bu haqda gubernatorlar Roman Starovoyt va Vasiliy Golubev 9 mart, shanbaga o‘tar kechasi Telegram-kanallarida yozgan. Xususan, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Taganrog hujumga uchragan.
Moskva vaqti bilan taxminan 2:30 da Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt mintaqada raketa tahdidi e’lon qilinganini yozdi. Taxminan 20 daqiqadan so‘ng, havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Ukraina UUAning urib tushirilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchish apparati qoldiqlari klinika tomiga tushgan. Portlash xavfi tufayli reanimatsiya bo‘limidagi bemorlar evakuatsiya qilindi.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham Taganrog uzra uchuvchisiz uchoqlarning «katta hujumi» qaytarilgani haqida yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada mahalliy Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir xodimi jarohatlangan. Keyinroq mintaqa rahbari viloyat hududiga yana bir hujum qaytarilgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024