Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z bayramida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqand va Qarshi shahriga “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 21 mart Navro‘z bayramida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 21, 22, 23, 24 va 25 mart kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
- 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Shuningdek, 20, 21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida ham “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi:
- 762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33;
- 761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026