Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qurilish maydonida ishchi vafot etdi
Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 23 yoshli yigit boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi.
11 mart kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi qurilishda ishlayotgan ishchi xodimning boshiga qolip (opalubka) tushib ketgan, oqibatda u vafot etgan.
Holat Yangi Darxon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketib, vafot etgan.
Dastlabki sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, o‘limga hayot bilan nomutonasib jarohat, bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o‘tuvchi sinishlari, boya miya lat yeb majaqlanishi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi va yettinchi ko‘krak umurtqalari sinishlari, orqa miya lat yeyishi, ko‘krak qafasi yopiq to‘mtoq jarohati, to‘sh suyagi, o‘pkalar lat yeb yorilishlari, bosh sohasi ezilib yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolar kam qonligi sabab bo‘lgan.
Toshkent shahri prokuraturasi hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026