Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq shahri hokimi boshqa ishga o‘tadi
Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tilab, faxriy yorliq topshirgan. Davron Hidoyatovning qaysi ishga o‘tishi haqida ma’lumot berilmagan.
Davron Abdulfattohovich Hidoyatov 2021 yil noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahriga hokim qilib tayinlangan edi.
Davron Hidoyatov 1976 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.
2009 yildan 2012 yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012 yildan 2014 yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimida ishlagan.
2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahri hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026