Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden saylovda nomzodi ilgari surilishini tasdiqladi
Jorjiya va Missisipi shtatlarida o‘tkazilgan praymerizlarda g‘alaba qozongan Jo Bayden demokratlardan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan delegatlar sonini to‘pladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiyadan yangi prezidentlik muddatiga nomzodlikni ta’minlash uchun boshlang‘ich saylovlarda yetarlicha delegat to‘pladi. Jorjiya va Missisipi shtatlarida 12 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan birlamchi ichki partiyaviy saylovlar natijalariga ko‘ra, Bayden nomzodlik uchun zarur bo‘lgan 1968 dan ortiq delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.
Shu kuni Vashington va Shimoliy Mariana orollarida ham praymerizlar bo‘lib o‘tdi, biroq ularning natijalari xabar e’lon qilingan paytda noma’lum edi.
«Saylovchilar endi bu mamlakatning kelajagini hal qilishi kerak: biz demokratiyamizni himoya qilish uchun turamizmi yoki boshqalar uni yo‘q qilishga ruxsat beramizmi?» - dedi Bayden Jorjiyada natijalar e’lon qilinganidan keyin.
Tramp nomzodlikka yaqinlashmoqda
Oq uy sobiq rahbari Donald Tramp Jorjiya va Missisipi shtatlarida Respublikachilar partiyasining praymerizlarida g‘alaba qozondi. U, shuningdek, prezidentlikka nomzodlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 1215 delegat ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda.
Trampning Respublikachilar partiyasidagi so‘nggi jiddiy raqibi, BMTdagi sobiq elchi va Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyli bir necha kun avval poygadan chiqib ketgan edi.
Respublikachilar yoki Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun, avvalo, ichki partiyaviy praymerizlarda g‘alaba qozonish kerak. Rasmiy ravishda, oliy davlat lavozimiga nomzodlar yozda har ikki partiyaning qurultoylarida aniqlanadi. 2024 yilgi prezidentlik saylovlari 5 noyabrga belgilangan.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026