Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karmanadagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan “dom”ning suvog‘i ko‘chib tushdi
Bunga yangi qurilgan ko‘p qavatli uy devorida hosil bo‘lgan yoriqlarga yomg‘ir sizib kirishi sabab bo‘lgan.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan ko‘p qavatli turar joy binosining suvog‘i ko‘chib tushdi. Holat yomg‘irli kunlardan so‘ng sodir bo‘lgan.

Mazkur ko‘p qavatli uy ta’sischisi Shonazar Saidov bo‘lgan “Alisher quruvchi servis” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan.
Kun.uz holat yuzasidan Karmana tumani hokimligi matbuot xizmatidan izoh oldi. Hokimlik vakilining ma’lum qilishicha, suvoqning ko‘chib tushishiga devorda hosil bo‘lgan yoriqlardan yomg‘ir suvining sizib kirishi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda quruvchi tashkilot tomonidan holatni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
11:44 / 22.05.2026