O‘zbekiston | 09:10 / 14.03.2024
15904
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi

Abduqayum To‘xtaqulov viloyat SSB boshlig‘i lavozimini tark etgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Bobur Primqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bobur Primqulov 2013 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Uchko‘prik tumanidagi “Yakka mulla” qishloq vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori sifatida boshlagan.

Turli yillarda Farg‘ona viloyat onkologiya dispanseri onkolog-shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktorining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, u Turkiyaning Acibadem va AQShning Memorial Sloan Kettering Cancer Center kabi nufuzli klinikalarida malaka oshirgan.

Tayinlovga qadar B. Primqulov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Farg‘ona viloyati SSBga 2022 yil iyulidan buyon Abduqayum To‘xtaqulov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

Bundan oldin Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Ko‘palbay Tangriberdiyev Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.  

Mavzuga oid