O‘zbekiston | 12:11 / 16.03.2024
2338
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistonga MICE-turizmini tashkil etishda yordam beradi

O‘zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi (Worshipful Company of World Traders) raisi Maykl Larsen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Muzokaralar natijasida gildiya vakillari tomonidan O‘zbekistonga MICE-turizmini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish, birgalikda biznes forumlar va davra suhbatlari o‘tkazish hamda ikki davlat treyderlari delegatsiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid