Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshqa davlatlarni koinotda yadro qurolini joylashtirmaslikka chaqirmoqchi
Qo‘shma Shtatlar ushbu masala bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni kutmoqda.
Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasini tayyorladi, unda barcha davlatlarni koinotda joylashtirish uchun yadro qurolini ishlab chiqarmaslikka chaqiradi. Bu haqda BMTdagi AQSh doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild xabar berdi.
BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidagi nutqida u «AQSh Yaponiya bilan birgalikda rezolyutsiya loyihasini (...) tayyorladi, unda boshqa davlatlarni koinotda joylashtirish uchun yadro quroli yoki ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarmaslikka chaqiradi», dedi.
Bundan tashqari, Tomas-Grinfildning ta’kidlashicha, BMT Xavfsizlik Kengashidan tashqarida Qo‘shma Shtatlar ushbu masala bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni kutmoqda.
«Yer atrofidagi orbitada har qanday yadro qurolining joylashtirilishi misli ko‘rilmagan, xavfli va qabul qilib bo‘lmaydigan holat», dedi AQSh vakili.
Mart oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin koinotda yadro qurolini joylashtirishga qat’iyan qarshi bo‘lgan Moskva pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi. «Bizning pozitsiyamiz aniq va oshkora: biz koinotda yadro qurolini joylashtirishga doimo qarshi bo‘lganmiz va hozir ham qarshimiz. Aksincha, biz bu sohada mavjud barcha kelishuvlarga rioya qilishga chaqiramiz», dedi Putin.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya koinotdagi obektlarni yo‘q qilish uchun yadroviy qurol ishlab chiqarish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026